Islom Karimovning oʻgʻli Rossiyada ushlandi
Oʻzbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning oʻgʻli Pyotr Karimov Rossiyaning Krasnogorsk shahrida xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib, ushlandi. Bu haqda bugun, 16 may kuni “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, voqea Podmoskovniy bulvaridagi koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan. Pyotr Karimov rafiqasi Yuliya Smetankina bilan janjal paytida uni bir necha marta urgan. Shundan soʻng ularning qoʻshnilari militsiyaga qoʻngʻiroq qilgan. Militsiya Karimovni soʻroq qilish uchun boʻlimga olib ketgan. Hozirda Pyotr Karimov ozodlikda, biroq u hali ham gumondor maqomida qolmoqda.
Manbaga koʻra, Yuliya olgan jarohatlaridan soʻng shifoxonaga yotqizilgan. Unga qorin boʻshligʻining toʻmtoq jarohati, miya chayqalishi va qon ketishi tashxisi qoʻyilgan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.