Falastinda yana osoyishtalik
Nihoyat Falastinda vaqtincha boʻlsada tinchlik oʻrnatiladigan boʻldi. Misr Arab Respublikasi vositachi boʻlib qatnashgan muzokaralar natijasida Isroil va Falastin guruhlari oʻrtasida oʻzaro oʻt ochishga barham berildi.

Falastin tomoni Qohira vositachiligidagi muzokaralar muvaffaqiyatli oʻtganini eʼlon qildi. Isroil rasmiylari hozircha bunga munosabat bildirmagan.
Isroil va Falastin guruhlari shanba kuni mahalliy vaqt bilan 22:00 dan boshlab sulh eʼlon qilindi. Buni Misr rasmiylari va muzokaralarga yaqin boʻlgan Falastindagi AFP manbasi ham tasdiqlagan.
Falastinliklar va Isroil harbiylari oʻrtasidagi qarama-qarshilik 6 kun avval boshlangandi. Oʻshandan beri falastinliklarning "Islomiy jihod" guruhi Isroil hududlariga raketa hujumlari uyushtirdi, Isroil armiyasi jangarilarning ehtimoliy pozitsiyalariga, raketa qurilmalari oʻrnatilgan joylar va tashkilot rahbarlarining uylariga raketa zarbalari berdi.
Gʻazo sektorida ham, Isroilda ham tinch aholi orasida qurbonlar bor. "Islomiy jihod"ning bir necha rahbarlari oʻldirilgani bu otishmalarga sabab boʻlgandi.




