platina.uz
Jahon

Turkiyadagi prezident saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foizlik toʻsiqdan oʻta olmadi

Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi  keyingi hafta soʻngida - 28 may kuni oʻtkazilishi mumkin.

Turkiyadagi prezident saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foizlik toʻsiqdan oʻta olmadi

Turkiyada nafaqat oʻz fuqarolari, balki butun mintaqa xalqlari hayajon bilan kutgan prezidentlik va parlamentga saylovlar nihoyasiga yetdi.

Ovoz qutilarining 98 foizdan oshigʻi ochilib, byulletenlari sanaldi.

Maʼlumki, Turkiya saylov tizimidagi qoidalarga muvofiq, prezidentlik saylovlarida hech qaysi nomzod birinchi turda 50 foizdan ortiq ovoz olmasa, ikkinchi tur saylovlari oʻtkaziladi. Turkiyada ana shunday vaziyat yuzaga keldi.

Biror bir nomzod 50 foizlik toʻsiqdan oʻta olmadi. Katta ehtimolga koʻra, nomzodlar ikkinchi turda ham bellashib koʻrishadi.

Byulletenlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilganidan keyin amaldagi prezident Rajab Tayyib Erdoʻgʻon 49,34 foiz ovoz olgani maʼlum boʻldi. Unga muxolif nomzod Kamol Kilichdoroʻgʻli esa – 44,99 foiz ovozga ega boʻlgan.

Saylovda 5% ovoz toʻplagan yana bir nomzod Sinan Oʻgʻan, rasman ikkinchi turda muholifat yetakchisi Qilichdoroʻgʻlini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Garchi avvalroq u ittifoqdan ayrim partiyalar chiqarib tashlanmasa, Qilichdoroʻgʻli nomzodini quvvatlamasligi maʼlum qilgandi.

Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi keyingi hafta soʻngida - 28 may kuni oʻtkazilishi mumkin.

Prezidentlik poygasining oxirgi natijasi nomaʼlum qolayotgan boʻlsa-da, 28-chaqiriq turk parlamentiga saylovlarda qaysi ittifoq qancha joy olgani deyarli aniq boʻldi.

Erdoʻgʻonning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi yetakchiligidagi Respublikachilar alyansi 49 foizdan koʻproq ovoz toʻpladi va parlamentda 322 oʻrinni egallashi mumkin.

Respublika Xalq partiyasi Qilichdoroʻgʻli boshchiligidagi “Xalq ittifoqi” 35,19 foiz yoki qariyb 212 oʻrinni qoʻlga kiritdi, deya xabar beradi Turkiya Markaziy saylov komissiyasi.

Kuzatuvchilar fikricha, mazkur saylovlar qonunlarga amal qilingan holda oʻtkazilgan boʻlsada, ayrim noxushliklar ham roʻy bergan. Masalan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonida uch nafar saylovchi yurak xurujidan vafot etgan.

Saylov natijalaridan xavotir va xalq taqdiriga kuchli eʼtibor hamda hayajonlanishi shunga olib kelgan ehtimol.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid