Olmaliqda 19 yoshli haydovchi 2 nafar maktab oʻquvchisini urib yubordi
Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab oʻquvchilarini avtomashina urib yuborgani haqida video tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, bugun, 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) «Damas» rusumli avtomashinada "Tinchlik" koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yoʻlni kesib oʻtayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab oʻquvchisini urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olishgan va tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.
Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.