IBA JChning eng yaxshi bokschi va jamoasini maʼlum qildi
JCh bahslarida oʻzbekistonlik bokschilar 9 ta medal qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ikki hafta davomida Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatining turli nominatsiyalarida eng yaxshilarni taqdirladi.
Xususan, -51 kg vaznda jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Hasanboy Doʻsmatov IBA tomonidan Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi sifatida eʼtirof etildi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi JChning eng yaxshi jamoasi deb topildi.
Maʼlumot uchun, musobaqa mezbonlari turnirda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.