Boks boʻyicha jahon chempionatida ommaviy mushtlashuv boʻlmagan – IIV
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Boks boʻyicha jahon chempionatida ommaviy mushtlashuv boʻlmagan, ammo tartibsizlik kuzatilgan. Ichki ishlar vazirligi holatga oydinlik kiritdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13 mayda Boks boʻyicha jahon chempionatining navbatdagi kuni soʻngida tashkilotchilar tomonidan muxlislarga tekinga charm qoʻlqop tarqatish marosimida, muxlislar bir-birlariga navbat bermasdan tartibsiz harakat qilganlar.
“Tadbir tashkilotchilar tomonidan qisqa fursatda tartib tiklanib, jamoat tartibini buzilishiga yoʻl qoʻyilmagan”, — deyiladi xabarda.