platina.uz
Jamiyat

21 ta holat, 107 nafar jabrlanuvchi, 2 ta oʻlim...

Oziq-ovqat xavfsizligi tahlillariga koʻra, Oʻzbekistonda oʻtgan yili 65 ta ovqatdan zaharlanish kuzatilgan boʻlsa, 518 nafar jabrlangan fuqarolarning 194 nafari bolalardir. Zaharlanish eng  koʻp uy sharoitida kuzatilgan. Joriy yilning oʻtgan davri tahlillari ham quvonarli emas. 

21 ta holat, 107 nafar jabrlanuvchi, 2 ta oʻlim...

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurmat Atabekovning maʼlum qilishicha, 2023 yilning oʻtgan davri mobaynida 21 ta holatda 107 nafar ovqatdan zaharlandi. Ularning 22 nafari bolalardir. 2 nafar fuqaro vafot etgan.

Ovqatdan zaharlanishning 2 holatida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, yaʼni bir zumda tayyorlanadigan “Lavash”, “Burger” va shu kabi tezpishar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ularning texnologiyasiga rioya etilmaganligi oqibatida kuzatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid