platina.uz
Jamiyat

12 yoshli qizning oʻlimi bilan bogʻliq sud ishi yopiq holda koʻrib chiqiladi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi.

12 yoshli qizning oʻlimi bilan bogʻliq sud ishi yopiq holda koʻrib chiqiladi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning oʻlimida ayblanib ushlangan shaxsning ishi yopiq sud majlisida koʻriladi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi «v», «j», «z», «o» bandlari, 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 2-qismi «v» bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 137-moddasi (odam oʻgʻrilash) 3-qismi «b» bandi va 226-moddasi (maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan A. T. (1993 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudining ish yurituviga kelib tushdi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida koʻrib chiqilib, qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid