Oʻzbekistonga eng koʻp investitsiya kiritgan davlatlar oʻntaligi maʼlum qilindi
2023 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln soʻmni tashkil etgan.

Statistika agentligi Oʻzbekistonga eng koʻp investitsiya kiritgan davlatlar oʻntaligini eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln soʻmni tashkil etgan. Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida esa Xitoy eng yuqori ulushga ega boʻlgan.
Demak, jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar quyidagilar:
- Xitoy – 19,9 foiz
- Rossiya – 15,7 foiz
- Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz
- Turkiya – 6,1 foiz
- Kipr – 5,4 foiz
- Germaniya – 3,3 foiz
- Shveysariya – 3 foiz
- Singapur – 2,9 foiz
- Gonkong – 2,8 foiz
- Buyuk Britaniya – 2,7 foiz
