platina.uz
Sport

JCh-2023. Saidjamshid Jafarov JCh finalida qozogʻistonlik raqibiga magʻlub boʻldi

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi.

JCh-2023. Saidjamshid Jafarov JCh finalida qozogʻistonlik raqibiga magʻlub boʻldi

Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida oʻzbekistonlik bokschilar ishtiroklarini yakunlashdi.

-71 kg vaznda esa Saidjamshid Jaʼfarov qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga yutqazib, kumush medalga ega boʻldi.

Shu tariqa 13 vazn toifasida kechgan janglarda Oʻzbekiston 5 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

JCh-2023. Oʻzbekistonga medal keltirgan bokschilar:
Oltin

Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg)
Abdumalik Halokov (-57 kg)
Ruslan Abdullayev (-63,5 kg)
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg)
Bahodir Jalolov (+92 kg)

Kumush
Oybek Joʻrayev (-54 kg)
Saidjamshid Jaʼfarov (-71 kg)

Bronza
Aʼloxon Abdullayev (-75 kg)
Laziz Mullojonov (-91 kg)

Maʼlumot uchun, turnir chempionlari — 200 ming, kumush medal sohiblari — 100 ming, bronza egalari 50 ming AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid