platina.uz
Sport

JCh-2023. Ikki nafar bokschimiz navbatdagi oltin medallarga ega boʻlishdi

Yana bir oʻzbekistonlik bokschi Oybek Joʻrayev finalda magʻlubiyatga uchrab, kumush medali hamda 100 ming AQSh dollari mukofotini qoʻlga kiritdi. 

JCh-2023. Ikki nafar bokschimiz navbatdagi oltin medallarga ega boʻlishdi

Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida soʻnggi kungi final bahslari boshlandi.

Oʻzbekistonlik bokschilardan -54kg vazn toifasida Oybek Joʻrayev qozogʻistonlik Mahmud Sabirxanga yutqazib, kumush medalga sazovor boʻldi.

-57 kg vaznda Abdumalik Halokov esa kubalik Saidel Hortadan 5:0 hisobida ustun kelib, Oʻzbekiston hisobiga 4-oltin medalni keltirdi.

-63,5 kg vazn toifasida jahon chempionati final jangi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston vakili Ruslan Abdullayev moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxga qarshi jang qildi. Hakamlar yakunda Abdullayev gʻalaba qozonganini qayd etdi.

Shu tariqa Abdullayev JCh—2023 da Oʻzbekiston hisobiga 5-oltin medalni yozib qoʻydi. U, shuningdek, oltin medal uchun 200 ming dollarga ega chiqdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid