platina.uz
Jahon

Hindistonni G8ga qabul qilib, BRIKSni tarqatish kerak

Gʻarb davlatlari G8 (katta sakkizlik)ni qayta tiklashlari kerak, faqat Hindistonga avval Rossiyaning avvalgi joyi berilishi kerak. Bu harakat BRIKSni kuchsizlantiradi va Xitoyning global ambitsiyalari orqaga chekinadi deb yozadi The Telegraph.

Hindistonni G8ga qabul qilib, BRIKSni tarqatish kerak

Maqolada aytilishicha, BRIKS mamlakatlari - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikalari oʻrtasida hech qanday umumiylik yoʻq - qaysi birida demokratik tuzum, qaysidir birida diktatura, birovining sanoati rivojlangan, boshqasi esa (masalan, Rossiya) xom-ashyo (neft va gaz) eksport qilishdan boshqasiga yaramaydi. Tashkilotning iqtisodiy oʻzagi yoʻq.

Biroq Xitoy BRIKSni koʻplab davlatlar jozibador deb hisoblaydigan blokka aylantirishga muvaffaq boʻldi va bu blokka qoʻshilish istagida boʻlgan davlatlarning navbatda saf tortgani ham bor gap. Masalan, Saudiya Arabistoni, Misr, Jazoir, Argentina, Meksika, Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va hatto Turkiya ham tashkilotga qoʻshilish istagini bildirgan.

Lekin nega aynan Hindistonga bunday alohida eʼtibor qaratilmorqda?

Avvalo Hindistonning bu tashkilotdan joy olishiga yoʻl qoʻyish katta xatolik boʻlgan. Toʻgʻri, Narendra Modi davrida Hindiston avtokratik rejimdagi davlatlar qatoriga kirdi. Modining inson huquqlari, ayniqsa, musulmonlarga qarshi zugʻumli siyosati bois, xalqaro maydondagi obroʻsiga putur yetdi. Biroq shunday boʻlsada asosiy jamiyat - sigirparastlar qatlami oʻzini gʻoyatda yaxshi his qilmoqda. Shu jihatdan u mohiyatan avtokratik davlat, unga oʻxshab musulmonlarni genotsid qilayotgan yana bir yirik davlat - Xitoydan farq qiladi. Qolavresa, oxirgi 20 yil davomida hind rahbariyati katta yettilik (G7) davlatlari sammitlarida muntazam mehmon sifatida taklif etib kelinadi. Bunday yasama mehmonnavozlikka chek qoʻyib, Hindistonni rasman G7 ga aʼzo qilish va agressor hamda xalqaro huquq qoidalarini muntazam buzuvchi Rossiya ishtirokisiz katta sakkizlikka aylantirish vaqti keldi. "Natijada bu tashkilot aʼzo boʻlishga arziydigan nufuzli klubga aylanadi. Demokratik hamjamiyat Xitoyni oʻz oʻyini qoidalari asosida mahv etishlari lozim", deyiladi maqolada.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid