Milliy gvardiya xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi.

Shunga koʻra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish kabi maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni koʻrib chiqish uchun sudga yuborish boʻyicha qoʻshimcha vakolatlar berildi.
Ushbu Qonun eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.