platina.uz
Jamiyat

Jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari qanday amalga oshadi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish tartiblarini tushuntirdi.

Jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari qanday amalga oshadi?

Unga koʻra, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga respublika boʻyicha jami ajratilgan tegishli mablagʻlar hududlarga mavjud mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib taqsimlanadi;

Har bir mahalla fuqarolar yigʻini raislari umumiy qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmagan takliflardan iborat loyihalar paketini shakllantiradi hamda "Ochiq byudjet" axborot portaliga kiritadi;

Shakllantirilgan loyihalarni tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya oʻrganib chiqib, saralagan holda ovoz berish jarayoniga oʻtkazadi;

Fuqarolar "Ochiq byudjet" portaliga kirgan holda shaxsiy kabinetlari orqali ovoz berishda loyiha bilan bir vaqtda tadbirlar uchun ham ovoz beradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid