Hamma partiya prezidentlikka oʻz nomzodlarini taqdim etdi
Oʻzbekistonda 9 iyul kuni boʻlib oʻtadigan muddatidan oldingi prezident sayloviga barcha 5 ta partiya oʻz nomzodlarini taklifini maʼlum qilib boʻldi.

13 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda taʼminlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qoʻllab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.
Bu nomzodlar hozircha partiya qurultoyida koʻrib chiqish uchun maʼqullangan. Keyin ularni Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olib, rasman tasdiqlashi kerak.
5 ta partiyadan nomzodlar:
- Ekologik partiyadan Abdushukur Xamzayev (Markaziy kengash ijroiya qoʻmitasi raisi);
- Xalq demokratik partiyasidan Ulugʻbek Inoyatov (Markaziy kengash raisi);
- "Adolat" SD partiyasidan Roba Mahmudova (Oliy sud raisi oʻrinbosari);
- O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev (amaldagi prezident);
- "Milliy tiklanish" partiyasidan nomzod koʻrsatilmaydi.




