platina.uz
Jamiyat

Ekstremistik oqim gʻoyalari targʻibotchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

DXX xodimlari ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqim gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullanib kelgan buxorolik shaxsning faoliyatiga chek qoʻydi. 

Ekstremistik oqim gʻoyalari targʻibotchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1989 y.t. B.J. 2015-2021 yillarda Moskva shahridagi oliy taʼlim muassasasida oʻqishi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali "Salafiylar" DEO taʼsiriga tushib, "Telegram" messenjerida 2 ta guruh ochgan va ushbu diniy ekstremistik oqim gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullangan.

Shuningdek, Oʻzbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u oʻzining noqonuniy harakatlarini davom ettirib kelgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita xulosasiga koʻra, uning mobil telefon apparati xotirasida aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallar mavjud boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallar sirasiga kiradi. Hozirda B.J.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid