platina.uz
Jamiyat

Buxorodagi choʻlda ayol bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar ushlangan.

Buxorodagi choʻlda ayol bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlandi

Tarmoqlarda bir ayolni bir necha shaxslar kuch ishlatish yoʻli bilan zoʻrlamoqchi boʻlayotganliklari aks etgan video tarqaldi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganilganda aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda Gʻijduvon tumani "Sarmijon" mahallasida yashovchi, 1994 yilda tugʻilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi, 1991 yilda tugʻilgan S.G. ismli ayolni tumanning "Qoraxoni" mahallasi "Jilvon" choʻl hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada boʻlib, oʻzi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni oʻziga qaram qilib, yonida boʻlgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada boʻlishga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi JPK. ning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid