platina.uz
Siyosat

Boshqa partiya yana boshqa partiya nomzodini qoʻllashi qonuniymi?

"Milliy tiklanish" partiyasining Shavkat Mirziyoyev nomzodini qoʻllab-quvvatlashi qanchalik qonuniy ekani boʻyicha keng muhokamalar boʻlyapti.

Boshqa partiya yana boshqa partiya nomzodini qoʻllashi qonuniymi?

"Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunning 4-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni toʻxtatib turishi yoxud butunlay toʻxtatishi shart", deya belgilangan.

Prezident oʻz vakolatini amalga oshirayotgan paytda hech bir siyosiy partiya aʼzosi boʻlmaydi. Yaʼni partiyasiz boʻladi.

Shu maʼnoda, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining boʻlajak saylov uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surish haqidagi qarori qonunga zid emas.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid