Bokschi Hasanboy Doʻsmatov jahon chempioni boʻldi
U fransiyalik raqibini 1-raunddayoq magʻlubiyatga uchratib, terma jamoaga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Toshkentda boks boʻyicha jahon chempionatining final uchrashuvlari davom etmoqda.
-51 kg vazn toifasida ringga koʻtarilgan Hasanboy Doʻsmatov terma jamoa hisobiga ikkinchi oltin medalni yozib qoʻydi.
U fransiyalik Bilal Bennamaga qarshi jang oʻtkazdi va raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.