platina.uz
Sport

Boks. Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratib, jahon chempioniga aylandi

Bahodir Jalolov ham raqibini magʻlub etib, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga uchinchi oltin medalni keltirdi va JCh gʻolibi sifatida 200 ming AQSh dollari pul mukofotiga ega chiqdi.

Boks. Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratib, jahon chempioniga aylandi

Toshkentda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida Bahodir Jalolov Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga uchinchi oltin medalni keltirdi.

U final bahsida kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi ringga koʻtarildi. Birinchi raunddayoq raqibidan yaqqol ustunlik qilgan 28 yoshli Jalolov, nokdaun evaziga turnirning oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, ertaga 14 may kuni oʻzbekistonlik yana 4 nafar bokschi final jangida ringga chiqishadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid