platina.uz
Siyosat

Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod taklifi berildi

Xalq demokratik partiyasidan Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida koʻrib chiqish uchun maʼqullandi.

Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod taklifi berildi

Bugun, 12 may kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.

Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni oʻtkazilishi belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki toʻgʻrisida masala muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich nomzodi partiyaning Qurultoyida koʻrib chiqish uchun maʼqullandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Ekopartiyasidan Abdushukur Xamzayev nomzodi koʻrsatilgani haqida xabar bergandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid