platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda IIB xodimi shifoxonada bemorga jismoniy kuch ishlatdi

Prokuratura tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Surxondaryoda IIB xodimi shifoxonada bemorga jismoniy kuch ishlatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi tibbiy davolash muassasasida bemorga jismoniy kuch ishlatgani bilan bogʻliq videolavha tarqaldi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida sodir boʻlganini tasdiqladi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu tumanning “Shaffof” mahallasida yashovchi S. J. tuman IIBga murojaat qilib, shu kuni tumanning “Yangi xayot” mahallasida yashovchi fuqaro U. P. mast holda yashash uyiga kelib uning tinchligini buzayotganligi haqida bergan xabariga asosan profilaktika inspektori borgan vaqtda U.P. voqea joyidan qochib ketgan.

Soʻngra, profilaktika inspektori uni topib, tuman Tibbiyot birlashmasidagi vaqtinchalik mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktiga olib borib joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Natijasi boʻyicha manfaatdor shaxslarga tergov organi tomonidan qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi", deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid