platina.uz
Jamiyat

Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari toʻxtatildi

Sudyalar oliy malaka hayʼati prezidentlikka nomzod boʻladigan Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari toʻxtatildi

2023 yil 12 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Plenumida mazkur partiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod sifatida Robaxon Anvarovna Maxmudova nomzodi ilgari surildi.

Qonunchilikka koʻra sudya siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.

Saylov kodeksiga asosan siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga oʻz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir.

Shu munosabat bilan bugun Sudyalar oliy malaka hayʼati R. A. Maxmudovaning arizasi va sud qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari – maʼmuriy sudlov hayʼatining raisi R. A. Maxmudovaning sudyalik vakolatlarini toʻxtatib turish haqida qaror qabul qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid