platina.uz
Siyosat

Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning hamkorlikdagi avtomobil zavodi qurilishiga start berildi

Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov yangi avtomobil zavodi poydevoriga kapsula joyladi.

Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning hamkorlikdagi avtomobil zavodi qurilishiga start berildi

Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov Chuy viloyatiga ishchi safari doirasida Ak-Suu qishlogʻida “Altыn Tulpar Unaa Kurulush” yengil avtomobillar va tijoriy texnika yigʻuvchi va ishlab chiqaruvchi yangi zavod poydevoriga tantanali kapsula joylash marosimida qatnashdi.

Vazirlar Mahkamasi raisi qatnashchilarni qutlash uchun soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlariga ikki birodar xalq oʻrtasidagi birlikni mustahkamlashga hissa qoʻshayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Bugun Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik yangi darajaga koʻtarildi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻpqirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish borasidagi kelishuvlarimiz doirasida oʻzaro bordi-keldilar koʻpaymoqda. Bugun yengil avtomobillar va tijoriy texnika yigʻuvchi va ishlab chiqaruvchi yangi zavod poydevoriga kapsula joylanayotgani ham shuning isbotidir. Bu ikki mamlakat uchun ham muhim strategik loyiha”,- dedi Akilbek Japarov.

Taʼkidlash kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning 2023 yil yanvar oyida Qirgʻiziston Respublikasiga rasmiy safari chogʻida Qirgʻiziston Respublikasi hududida zavod qurish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov ikki oy avval Oʻzbeksitondagi UzAuto Motors zavodida boʻlib, ish jarayoni bilan tanishgan edi.

“Altыn Tulpar Unaa Kurulush” yengil avtomobillar va tijoriy texnika yigʻuvchi va ishlab chiqaruvchi zavodi dastlabki bosqichda yiligi 10 000 avtomobil ishlab chiqaradi, 1000 dan ziyod ish oʻrinlari ochiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid