platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonga Kaspiydan nam, Volga boʻyidan esa salqin havo kirib kelishi kutilyapti

14-17 may kunlari Oʻzbekistonda beqaror ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi. Avvaliga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomgʻir qorga aylanishi ham mumkin.

Oʻzbekistonga Kaspiydan nam, Volga boʻyidan esa salqin havo kirib kelishi kutilyapti

Oʻzgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 14−17 may kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotganligi haqida ogohlantirdi.

14−17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

14−16 may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.

Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Yuqori togʻli (2000 m dan yuqori) hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

14−15 mayda shimolda va choʻl hududlarda, 16−17 mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

14−16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha pasayadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid