Migrant Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulligiga kelib, xotinini oʻldirganiga iqror boʻldi
Kecha ertalab Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahar Admiralteyskiy tumanidagi konsulligi qoʻriqchisi oldiga 22 yoshli migrant kelib, xotinini boʻgʻib oʻldirganiga iqror boʻlgan. Bir daqiqadan soʻng konsulikka politsiya chaqirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur mehnat muhojiri 19 yoshli xotini janjallashib qolib, uni boʻgʻib oʻldirgan. Ular ikkovi ham Murinodagi Shuvalov koʻchasida registratsiyasiz yashagan.
Mehnat muhojiri politsiya tomonidan qoʻlga olingan. Qotillik boʻyicha Rossiya Federatsiyasining 105-moddasi 1-qismi boʻyicha jinoyat iish qoʻzgʻatilgan.
Bundan avval «Pyaterochka» doʻkonida bir migrant mijozlar va xodimlarni qoʻrqitib otishma uyutirgani aytilgandi. Politsiyachilar uni 40 daqiqadan soʻng uyida qoʻlga olishgan.