JCh-2023. Bahodir Jalolov jangsiz finalga yoʻllanma oldi
Bugun yarim final janglarida yana 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi.

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida Bahodir Jalolov muddatidan avval finalga yoʻl oldi.
U yarim final jangida ispaniyalik bokschi bilan ringga koʻtarilishi kerak edi. Aniqlanishicha, Ayub Gadafa Drissi jarohat sabab kurashdan chiqdi va Jalolov avtomatik tarzda finalga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, bugun yarim finalning 8 ta jangida oʻzbekistonlik bokschi final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.