"Adolat" partiyasidan Prezidentlikka nomzod maʼlum boʻldi
"Adolat” partiyasidan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod etib Maxmudova Robaxon Anvarovnani koʻrsatish haqida qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston “Adolat” partiyasining navbatdan tashqari Plenumi oʻtkazildi.
Plenumda Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib Maxmudova Robaxon Anvarovnani koʻrsatish masalasini partiyaning navbatdagi Qurultoyi muhokamasiga kiritish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari prezident saylovi boʻlib oʻtadi.