2 deputat vakolati muddatidan oldin tugatildi
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 2 ta deputatning vakolati muddatidan oldin tugatildi. Har ikkisi ham oʻzi ariza yozgan.

Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani kengashiga 1-Qoramanas saylov okrugidan saylangan Kenenbayev Bekzat Tairovichning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining7-Qoʻshtegirmon saylov okrugidan saylangan Boqiyev Sobid Abdullayevichning deputatlik vakolati muddatidan oldin toʻxtatildi.