Oʻzbekistonda energiyani tejashga qanday erishiladi?
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi tadbirkorning energiyani tejash boʻyicha loyihasi Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida joriy qilinishi kutilyapti.

Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor 10 gektar issiqxonani koʻmirda isitish loyihasini boshlagan. Tahlillarga koʻra, ushbu loyiha doirasida koʻmirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishga erishiladi.
“Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dasturlar qabul qilish zarur” dedi Prezident.
Koʻmirga talab shu yilning oʻzida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda koʻmir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.
Prezident buning uchun “Angren” koʻmir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Shargʻun koʻmir”ning birinchi liniyasi ishga tushirilishi, shuningdek, 14 ta koʻmir koniga tadbirkorlar jalb qilinishini maʼlum qildi.