Osiyo Kubogi-2023ga qurʼa tashlandi. Oʻzbekiston kimlarga qarshi oʻynashi maʼlum
Futboli boʻyicha Osiyo Kubogi 2024 yilda Qatarda oʻtkaziladi.

Kelasi yil Osiyo kubogi Qatar mamlakatida oʻtkaziladi.
Aslida ushbu musobaqa 2023 yil Xitoyda oʻtkazilishi lozim edi. Ammo pandemiya sabab mezbonlik Qatar mamlakatiga topshirildi.
Bugun musobaqaning guruh bosqich oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi.
"B" guruhi
1. Avstraliya
2. Oʻzbekiston
3. Suriya
4. Hindiston