platina.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Oʻzbekistonga ham daxl qilishi mumkin

Bugun Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillari Rossiyaning Ukrainaga bosqini munosabati bilan kiritiladigan yangi sanksiyalar muhokama etiladigan dastlabki majlisga yigʻilishadi. Yangi sanksiyalar Xitoy va Eron firmalariga yoʻnaltirilgan boʻlib, uchinchi mamlakatlarga eksportni cheklashga xizmat qiladi. 

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Oʻzbekistonga ham daxl qilishi mumkin

YeI ga aʼzo davlatlarning elchilari oʻrtasidagi munozaralar qizgʻin kechishi kutilmoqda. Chunki Rossiya generallari Ukrainadagi urush “koʻngildagidek” ketmayotganidan norozi boʻlib, “maxsus operatsiya” reja boʻyicha ketmayotganidan, boshqalar esa ularning xalqaro aloqalariga putur yetkazishi mumkinligidan xavotir olishmoqda.

Bir talay diplomatlarning fikricha, vakillarning turli fikrda ekanligi ularning tez orada murosaga kelmasligidan darak bermoqda.

Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning bayonot berishicha, yangi sanksiyalar Rossiyaga olib kirish taqiqlangan tovuralarning uchinchi mamlakatlar orqali kirishining oldini olishga qaratilgan boʻlib, Katta yettilik (G7) mamlakatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

“Agar tovarlar Yevropa Ittifoqi davlatlaridan uchinchi mamlakatlarga oʻtayotgan boʻlsa va keyin Rossiyaga kirib borayotgan boʻlsa, biz YeI aʼzolariga bu tovarlar eksportini taqiqlashni taklif qilishimiz mumkin. Biroq bu oxirgi chora boʻladi va undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim”, degan Ursula fon der Lyayenn.

Shuningdek, u, YeI oʻz eksportining kattagina qismini Rossiya orqali tranzit qilishni toʻxtatadi, yuqori texnologiyali tovarlar va samolyotlarning detallari shular jumlasidandir.

Ursula fon der Lyayen Komissiyasi ishlab chiqqan takliflar bilan tanish diplomatik manbalarning xabar berishicha, bu takliflar orasida Xitoy, Eron, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning oʻnlab kompaniyalarini qora roʻyxatga kiritish ham bor.

Shuningdek, manbalarga koʻra, yangi sanksiyalar neft tankerlariga ochiq dengizda yuklar tushirish yoki portlarga oʻchirilgan GPS-trekerlar bilan kirishni taqiqlashni koʻzda tutadi.

Mazkur sanksiyalar kuchga kirishi uchun YeIning barcha 27 davlati rozi boʻlishi kerak. Agar ularni hamma maʼqullasa, bu sanksiyalar paketi Rossiyaning 2022 yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri tashkil etilgan raundlarning oʻn birinchisi boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid