Umra ziyorati toʻxtatildi
Saudiya Arabistonida 2023 yilgi Haj mavsumi boshlanishi munosabati bilan Umra ziyorati maʼlum muddatga toʻxtatildi.
Jamiyat
10-may 2023 yil

Oʻzbekiston Umra ziyoratlari Assotsiatsiyasi maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistoni Podshohligi 5 maydan Umra safariga viza berishni toʻxtatgan.
Assotsiatsiya doimiy tartib shundayligini, yaʼni Umra safariga viza berilishi Muharram oyigacha yaʼni 20 iyulgacha toʻxtatilgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rasman eʼlon bermagan boʻlsa-da, amalda viza berish toʻxtatilganini urgʻulagan assotsiatsiya.
Maʼlum qilinishicha, 15 maydan keyin Makka shahriga kirish ham rasman toʻxtatiladi va Makkada yashash ruxsatnomasi bor odamlargina shaharga kiritiladi.