Toshkentda oʻqituvchiga tan jarohati yetkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Tarmoqlarda maktabda ona bolasini doʻpposlagan oʻqituvchi aks etgan video tarqalgandi.

Toshkentda maktab oʻqituvchisiga tan jarohati yetkazgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.