platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda "CEFR" certifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida olib berishni iddao qilgan.

Surxondaryoda "CEFR" certifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir oʻtkazdi.

Unda fuqaro N.M. fuqaro S.J.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “CEFR” chet tillarini bilish sertifikatini olib berish evaziga 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

  • Maʼlumot uchun

CEFR – Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan chet tilini bilish darajalari tizimidir. Yevropa Kengashi tomonidan 1989—1996 yillar oraligʻida "Yevropa fuqaroligini olish uchun til oʻrganish" loyihasining asosiy qismi sifatida ishlab chiqilgan. CEFR tizimining asosiy maqsadi barcha Yevropa tillari uchun qoʻllaniladigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etishdan iborat.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid