Sud Trampni jurnalist Jin Kerrollni zoʻrlashga urinishda aybdor deb topdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp sud yozuvchi va jurnalist Jin Kerrollni zoʻrlashga urinish boʻyicha aybdor deb topildi.

Sud daʼvoni hal qilish doirasida jabrlanuvchiga 2 million dollar toʻlash, shuningdek, ayolga tuhmat va obroʻsiga putur yetkazgani uchun yana 3 million dollar tovon toʻlash boʻyicha hukm chiqardi. CNN shu haqda xabar bergan.
Tramp hukmni “sharmandalik va “barcha zamonlarda boʻlgani kabi eng katta “alvasti ovining davomi” deb atadi. (Alvasti ovi – Oʻrta asrlarda Yevropada odamlarni shayton bilan aloqada va jodugarlikda ayblab, taʼqib qilish va pirovardida oʻldirish jarayoni. Xuddi Stalin davrida “xalq dushman”larini qidirish va repressiya qilishga oʻxshaydi).
Jin Kerrollning aytishicha, Donald Tramp uni 1996 yil bahorida Manxetten markazidagi Beshinchi avenyudagi hashamatli Bergdorf Gudman doʻkonining kiyinish xonasida zoʻrlashga uringan. Sudga daʼvo 2022 yil noyabr oyida berilgan. Oʻshanda Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qoʻyish niyatida ekanini oshkor qilgandi.
Jurnalist Jin Kerrol 2022 yil noyabr oyida AQShning Nyu-York shtatida kuchga kirgan yangi qonun boʻyicha sudga murojaat qildi. Mazkur qonunga muvofiq, jinsiy zoʻravonlik qurboni garchi jinoyat uzoq muddat avval sodir etilgan boʻlsa ham sudga murojaat qilish huquqiga ega.