platina.uz
Jamiyat

Maktablarning direktor oʻrinbosarlari ragʻbatlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,  Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi birgalikda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorni imzolashdi.

Maktablarning direktor oʻrinbosarlari ragʻbatlantiriladi

Mazkur qoʻshma qarorga binoan, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan boʻlib, mazkur yoʻnalishda eng yaxshi naʼmunali direktor oʻrinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi.
Shuningdek, mazkur qaror asosida Maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga bir qator qoʻshimcha vazifalar ham yuklatildi.

Jumladan, Respublika boʻyicha 200 nafargacha direktor oʻrinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.

Direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, direktor oʻrinbosari lavozimiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

Direktor oʻrinbosariga taʼlim muassasalari yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, toʻgaraklar faoliyatini muvofiqlashtirish;

4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyati haqida targʻibot ishlarini olib borish hamda mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda “Yoshlar daftari”da yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi targʻibot ishlarini tashkil etish vazifalari ham yuklatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid