platina.uz
Jamiyat

Endi metroda erkaklar va ayollar alohida navbatda turadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy bekatida “xodim” tomonidan erkaklar va ayollar alohida navbatda turilishi soʻralgan shakldagi maʼlumotlar tarqalmoqda.

Endi metroda erkaklar va ayollar alohida navbatda turadimi?

“Toshkent metropoliteni” ushbu maʼlumot yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

“Ushbu maʼlumot hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV xodimi oʻz lavozim yoʻriqnomasiga amal qilgan holda kassa oldida jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻz faoliyatini olib borgan.

Shuningdek, yoʻlovchilarimizdan bu kabi yolgʻon maʼlumotlarni oʻzaro tarqatmasliklarini hamda yolgʻon maʼlumotlarni tarqatganlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini maʼlum qilamiz".

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid