AQSh misli koʻrilmagan defoltga duchor boʻlishi kutilyapti
Prezident Jo Bayden va yuqori martabali qonunchilar AQShning 31,4 trillion dollarlik qarz chegarasini koʻtarish boʻyicha boshi berk koʻchadan chiqishga qaratilgan navbatdagi muzokaralarga kelishib olishdi.

MAʼLUMOT UChUN:
Mamlakat misli koʻrilmagan defoltga duchor boʻlish ehtimoliga atigi uch hafta qoldi.
Muzokaralardan soʻng, demokrat Bayden va Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Kevin MakKarti oʻz yordamchilarini masalaning barcha jihatlarni yana koʻrib chiqishga majbur qilishdi.
Bayden, MakKarti va boshqa uch kongress yetakchilari juma kuni yana uchrashmoqchi.
Bayden muzokaralarni "samarali" deb atadi va respublikachilarga baʼzi qabul qilish mumkin boʻlgan murosalarni taklif qildi, shu jumladan, hukumat xarajatlarini kamaytirish uchun koronavirusga qarshi ajratilgan, lekin sarflanmagan yordam mablagʻlarini qaytarish masalasiga eʼtibor qaratdi.
Ammo u respublikachilar defolt tahdidini kun tartibidan olib tashlashlari kerakligini takrorladi.
Va u, shuningdek, AQSh Konstitutsiyasiga 14-tuzatishni, yaʼni qarz chegarasini konstitutsiyaga zid, deb eʼlon qilishga urinib koʻrishni istisno qilmadi.
Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun sud jarayoni talab etiladi.
"Siyosat va pozitsiyalar juda koʻp va ancha vaqtni talab qiladi. Uchrashuvdagilarning hammasi defolt xavfi borligini tushundi", dedi Bayden.
Makkarti uchrashuvdan keyin munozaralarda biror taraqqiyot yoʻqligini taʼkidladi.
"Men hech qanday yangi harakatni koʻrmadim", dedi Makkarti jurnalistlarga.
Ammo u Bayden muzokaralar doirasida yangi energetika loyihalariga ruxsat berish jarayonidagi islohotlarni muhokama qilishga tayyorligini aytdi.
Iqtisodchilarning ogohlantirishicha, uzoq muddatli defolt Amerika iqtisodini ishsizlikning oʻsishi bilan “hamroh”likda kuzatiluvchi chuqur tanazzulga olib kelishi va AQSh obligatsiyalari asosida qurilgan global moliyaviy tizimni beqarorlashtirishi mumkin.
Bayden qonunchilarni federal hukumatning oʻrnatgan qarz limitini hech qanday shartlarsiz oshirishga chaqirmoqda.
Makkarti esa oʻz palatasi oʻsib borayotgan byudjet taqchilligini bartaraf etish uchun xarajatlarni keskin qisqartirmaydigan hech qanday bitimni maʼqullamasligini aytdi.
Odatda, qarzlar chegarasi boʻyicha kurashlar, muzokaralarning soʻnggi soatlarida shoshilinch ravishda tuzilgan kelishuv bilan yakunlanadi va shu bilan defoltdan qochiladi.
AQSh Savdo-sanoat palatasining siyosat boʻyicha yuqori masʼul xodimi Nil Bredli, mamlakatning eng yirik biznes uyushmasi, tomonlarning uchrashuvlari davom etishi ijobiy ekanini aytdi.
"Ammo har bir oʻtgan kun notoʻgʻri qadam qoʻyish xavfini oshirib, defoltga olib keladi", dedi u.
Dunyodagi kam sonli mamlakatlarda qarzni cheklash toʻgʻrisidagi qonunlar mavjud va Vashingtonning qarz olish chegarasini vaqti-vaqti bilan olib tashlashi unga Kongress ruxsat bergan xarajatlarni toʻlash imkonini beradi.
Kecha qisqa muddatli Gʻaznachilik veksellari narxlari pasayib ketdi, chunki investorlar AQSh qarz limitiga yetib borishi mumkin boʻlgan obligatsiyalarini sotdi.
Gʻaznachilik kotibi Janet Yellen dushanba kuni qarz limitini oshirmaslik AQSh iqtisodiga zarar yetkazishini va dollarning jahon zaxira valyutasi sifatidagi mavqesiga putur yetkazishini aytgan.
AQShning oʻz qarzlarini toʻlashga qaratiluvchi Gʻaznachilik naqd pullari esa kamayib bormoqda, chunki u koʻrayotgan favqulodda choralar qolmayapti.