platina.uz
Jahon

Xitoy importining kamayishi va eksport oʻsishining sekinlashuvi iqtisodiy istiqbolga soya solmoqda

Aprel oyida Xitoy importi keskin kamaydi, ayni paytda esa eksport anchayin sekin surʼat bilan oshdi, bu esa COVID tufayli kiritilgan cheklovlar bekor qilinganiga qaramasdan kuchsiz ichki talab belgilarini kuchaytirdi va global oʻsish sekinlashgan bir sharoitda qiyinchilikka uchrayotgan iqtisodiyotga katta bosim koʻrsatmoqda. 

Xitoy importining kamayishi va eksport oʻsishining sekinlashuvi iqtisodiy istiqbolga soya solmoqda

Xitoy iqtisodiyoti birinchi chorakda xizmatlarga barqaror talab tufayli kutilganidan koʻra tezroq oʻsib bordi. Lekin sanoat ishlab chiqarishi hajmi pasaya boshladi, savdo holati toʻgʻrisidagi soʻnggi xabarlarga qaraganda, mamlakatda pandemiya davrigacha boʻlgan vaziyatga erishish uzoq vaqt talab qiladi.

Dunyodagi ikkinchi iqtisodiyotga ega bu mamlakatga mahsulotlar kirishi aprel oyida 7,9% ga tushib ketdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 1,4% past boʻlib, ayni paytda eksport hajmi 8,5% ga oʻsgan. Seshanba kuni bojxona idorasi shunday maʼlumot berdi.

Reuters iqtisodiyotchilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazganda, ular eksportning 8,0% ga oshganini maʼlum qilishgan.

"Joriy yilning boshida import ochilganidan keyin, import 2022 yildagi koʻrsatkichdan osongina oshib ketadi, deya taxmin qilingandi, lekin bunday boʻlmadi", — dedi Economist Intelligence Unit iqtisodchisi Syuy Tyanchen.

"Garchi COVID dan keyin Xitoyning tiklanishi anchagina tez kechgan boʻlsada, bu koʻpgina jihatdan avtonom shaklda boʻldi va tashqi dunyoga sezilmadi", — deya qoʻshimcha qildi Syuy Tyanchen.

Oʻtgan oyda savdo oqimlarining keskin yomonlashuvi tashqi talab va risklar boʻyicha xavotirlarni yana dolzarb qilib qoʻydi xolos. Ichki iqtisodiyot bilan bogʻliq bu risklar, ayniqsa oʻtgan yilga nisbatan sekin tiklanmoqda. Chunki COVID-19 munosabati bilan kiritilgan cheklovlar tovarlar kirishi va chiqishiga jiddiy zarar yetkazgan edi.

"Tashqi talabning pasayishi natijasida ekvsport yanada qisqarib boraveradi", — deya taxmin qiladi Zыchun Xuang, Capital Economics ning Xitoy boʻyicha iqtisodiyotchisi.

Bir qator siyosiy chora-tadbirlarni faollashtirgan Xitoy hukumati esa YaIM oʻsishini bu yilda 5% miqdorida ushlab turishga harakat qilmoqchi. Lekin oʻtgan yili bunday maqsadga erishishning imkoni boʻlmagandi.

"Global iqtisodiyot yomonlashmoqda va Xitoy ishlab chiqarish sektorini kuchsizlantirmoqda", — dedi glavnыy ekonomist ING ning Xitoy boʻyicha bosh iqtisodiyotchisi Iris Pang.

"Bunga javoban hukumat fiskal stimullar yordamida mehnat bozorini qoʻllab-quvvatlash uchun aralashishga majbur boʻlishi ehtimolga yaqinroq”, dedi Iris Pang.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid