Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq toʻlagan?
2023 yilning yanvar-aprel oylarida 42 ta xorijiy kompaniyalar soliq toʻlagan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2023 yil yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar koʻp.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.
Bunda, toʻlangan soliqlarning 95 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:
- Meta - 12,1 mlrd soʻm;
- Google - 9,3 mlrd soʻm;
- Apple - 6 mlrd soʻm;
- Booking.com - 1,1 mlrd soʻm;
- Netflix - 1,1 mlrd soʻm;
- Xsolla - 632,9 mln soʻm;
- Yandex - 363 mln soʻm;
- Paddle.som - 321 mln soʻm;
- Linkedin - 275,6 mln soʻm;
- Adobe Systems - 221 mln soʻm.