Isroilning Gʻazodagi hujumlarida 12 kishi, jumladan, “Islomiy jihod”ning uch yetakchisi halok boʻldi
Seshanba kuni Isroil harbiylarining Falastindagi jangari guruhlar tahdidiga qarshi Gʻazoga bergan havo hujumlari paytida "Islomiy jihod" guruhining uchta yuqori martabali qoʻmondoni va kamida toʻqqiz nafar tinch aholi, jumladan, toʻrt nafar bola halok boʻldi. Falastin rasmiylari shu haqda maʼlumot berishgan.

Gʻazo operatsiyasidan bir necha soat oʻtib, harbiy kuchlar Isroil qoʻshinlari va falastinlik jangchilar oʻrtasidagi bir necha oylik qarama-qarshiliklarning markaziy nuqtalaridan biri boʻlgan Gʻarbiy Sohildagi Nablus shahriga reyd uyushtirdi.
Oʻtgan hafta isroillik hibsda ochlik eʼlon qilgan "Islomiy jihod" rahbarining oʻlimidan soʻng chegera hududlarida norozilik kelib chiqqan edi.
Isroil Gʻarbda terrorizmda gumonlanib kuzatuv ostida boʻlgan va Gʻazodagi ikkinchi yirik qurolli tarmoqqa qoʻmondonlik qiluvchi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan "Islomiy jihod" guruhining uchta yetakchisini nishonga olganini aytdi.
Har qanday jiddiy keskinlashuv anklavdagi hukmron XAMAS jangarilarining ishtirok etishiga bogʻliq. Bunday ishtirok Xamas yetakchisini suiqasd nishoniga aylantiradi, dedi Isroil xavfsizlik mahkamasi vaziri Isroil Kats Tel-Avivning 103 FM radiosiga.
“Islomiy jihod” guruhining matbuot kotibi Tariq Selmiyning aytishicha, Isroilning “jinoyati jazosiz qolmaydi”.
“Bombardman bombardimon bilan, hujum esa hujum bilan kutib olinadi”, dedi u.
Gʻazo sogʻliqni saqlash rasmiysining maʼlum qilishicha, 365 kvadrat kilometr maydonda 2,3 million falastinlik yuqori zichlikda istiqomat qiladigan hududdagi turar-joylarga berilgan zarbalarda kamida 12 kishi halok boʻlgan va 20 kishi yaralangan.
Isroil armiyasi vakilining aytishicha, armiya tinch aholi oʻlimi haqidagi xabarlarni oʻrganmoqda, biroq hozircha izoh bermagan.
"Biz baʼzi iddaolardan xabardormiz va maʼlum vaqt ichida koʻproq maʼlumot olamiz", dedi u jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan brifingda.
“Islomiy jihod” vakillari oʻldirilgan qoʻmondonlar Jihod Gʻannam, Xalil Al-Bahtiniy va Toriq Izzuddin ekanini aniqladi.
Harbiylarning taʼkidlashicha, "aniq" zarbalarda 40 ta reaktiv samolyot qatnashgan. "Bu razvedka maʼlumotlari, vaqt va ob-havoning uygʻunligida boʻldi", dedi harbiy matbuot kotibi.
Shuningdek, oʻnta qurol va infratuzilma ishlab chiqarish maydonchasi, jumladan raketa ishlab chiqarish ustaxonalari va tunnellar uchun beton ishlab chiqarish maydonchasi, shuningdek, guruhga tegishli harbiy birikmalarga ham zarba berilgan, dedi matbuot kotibi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta 87 kunlik ochlik eʼlonidan soʻng Isroil hibsxonasida Xader Adnanning oʻlimi Isroil va Gʻazodagi qurolli guruhlar oʻrtasida bir necha soatlik norozilik namoyishlariga sabab boʻldi va bu toʻqnashuvlarda bir falastinlik halok boʻldi.
Yanvar oyidan beri davom etayotgan nizolarda 100 dan ortiq falastinlik va kamida 19 nafar isroillik va xorijlik halok boʻlgan.
Falastin tashqi ishlar vazirligi Isroilning hujumini keskin qoraladi va muzokaralar yoʻli bilan siyosiy yechim xavfsizlik va barqarorlikka erishishning yagona yoʻli ekanini aytdi.




