“Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi
Bu tartib 2023 yil 8 may kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.

2023 yil 8 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.
“Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil ilovasi ishga tushirilishi nazarda tutildi. Bunda, portal va uning mobil ilovasida fuqaro va tadbirkorlar uchun qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati boʻladi.