platina.uz
Siyosat

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining aytishicha, bu mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqadi.

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi

Oʻzbekiston poytaxtida Qatar davlatining elchixonasi paydo boʻldi.

Tashqi ishlar vazirining aytishicha, bu qadam “mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqadi”. Qolaversa, Oʻzbekistonda Qatar elchixonasining ish boshlashi oʻzaro manfaatli hamkorlik ufqlarini kengaytiradi, savdo va investitsiyalar hajmini oshiradi hamda ikki xalq oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Oʻzbekiston tomoni Qatarga arab dunyosidagi muhim va ishonchli hamkor sifatida qaraydi.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov, Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saʼad al-Murayhiy bilan ham uchrashdi. Tomonlar hamkorlikdagi loyihalar istiqboli, siyosiy muloqotning faollashuvi, madaniy-gumanitar va sayyohlik almashuvlari hamda boshqa koʻplab muhim masalalarni muhokama qilishdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid