platina.uz
Siyosat

Prezident "Chinobod" sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi

Oʻzbekistonda 9 may - Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ragʻbatlantirilib, salomatligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, shu kunlarda ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda.

Prezident "Chinobod" sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi



Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi. Anorboy ota Jalilov, Ashir ota Oʻsarov, Antonina Kolomenseva, Toʻlagan ota Imomov, Abbos ota Appanov bilan dildan suhbatlashdi.

"Sizlarni koʻray, bayram bilan tabriklay deb keldim. Bu, avvalo, sizlarning bayramingiz. Oʻsha paytlardagi jasorat va matonatingiz tufayli keyingi avlodlar tinch, erkin yashadi. Mashaqqatli mehnat va zafarlarga toʻla hayot yoʻlingiz bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi, vatanparvarlik maktabi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Siz bilan butun el-yurtimiz faxrlanadi", – dedi davlatimiz rahbari.

Urush qatnashchilari hurmat va mehr ogʻushida yashayotgani, sogʻligi yaxshi, hayotidan rozi ekanini aytdi. Oʻzlari istiqomat qilayotgan hududda, farzand va nabiralarining hayotida boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida gapirdi.

"Mana, yaqinda yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik", – dedi Prezident. – Mamlakatimiz rivojini oshirish, xalqimiz hayotini yaxshilash boʻyicha katta marralar oldik. Mana shunday oʻzgarishlar paytida sizdek katta tajribaga ega insonlarning yonimizda boʻlishi, maslahatlaringizni olish bizga cheksiz kuch-gʻayrat beradi.

Nuroniylar eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qildi.

"Tabarruk duolaringizni olish, sizga qoʻshilib xalqimizning tinchligini soʻrash – katta baxt. Hayotda koʻp-koʻp sinovlarni koʻrgan, qariyb bir asrlik hayot tajribasiga ega boʻlgan sizday muhtaram insonlarning duolari ijobat boʻladi. Nuroniylarimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga bundan buyon ham katta eʼtibor qaratamiz. Bu – biz uchun muqaddas burch va vazifadir", – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid