platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda muddatidan ilgari Prezident saylovi oʻtkaziladi

Prezident bugun ikkita muhim farmonni imzolaganini eʼlon qildi.

Oʻzbekistonda muddatidan ilgari Prezident saylovi oʻtkaziladi

"Bugun biz tarixning yanada masʼuliyatli va hal qiluvchi pallasida turibmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotida mutlaqo yangi davrga qadam qoʻymoqdamiz", - dedi Prezidentimiz.

Yangilangan Konstitutsiya qabul qilinishi bilan Uchinchi Renessans uchun huquqiy poydevor yaratilgani qayd etildi.

Bugun xalqimiz intilayotgan ana shu buyuk maqsadni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshaman, degan har bir yurtdoshimiz avvalo ushbu poydevorga tayanib harakat qilishi lozim.

Ayniqsa, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimizning orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarishda, yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam zamin hozirlashda Asosiy qonunimiz ularga beqiyos imkoniyatlar ochib beradi.

Shu munosabat bilan Prezident bugun ikkita muhim farmonni imzolaganini eʼlon qildi.

Birinchi farmon yangilangan Konstitutsiyani hayotga joriy etish, ijrosini taʼminlash uchun uning mazmun-mohiyatini xalqimiz oʻrtasida keng targʻib qilish boʻyicha aniq vazifalarni nazarda tutadi.

Bosh qonunimizning har bir bandi va moddasini jamiyatimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun hayot qoidasiga aylantirish, bu borada ularning tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish; har bir mahalla, taʼlim maskani, tashkilot va korxonada chuqur oʻrganish maqsadida oʻquv dasturlari, darslik va qoʻllanmalar yaratish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat Prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ikkinchi muhim farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, yurtimizda muddatidan ilgari Prezident saylovi oʻtkaziladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid