“Mening yoʻlim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

Ovoz berish jarayonida respublikamiz boʻyicha 8 mln 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.

Jamiyat
8-may 2023 yil
“Mening yoʻlim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

7 may kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida eʼlon qilingan “Mening yoʻlim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yoʻnaltirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika boʻyicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.

27 apreldan 7 may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga koʻra, 517 ta loyiha gʻolib deb topildi. Ovoz berish jarayonida respublika boʻyicha 8 million 93 ming 918 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Ovoz berish jarayonida respublikamiz boʻyicha 8 mln 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng koʻp gʻolib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika boʻyicha 412.40 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+