platina.uz
Jamiyat

Bugun 5-6 ballik magnit boʻronlari boʻlishi kutilmoqda

Kutilayotgan G4 darajadagi 5-6 ballik magnit boʻroni faolligi tush paytiga toʻgʻri keladi.

Bugun 5-6 ballik magnit boʻronlari boʻlishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” markazi tarkibidagi "Meteoinfocom" davlat muassasasi maʼlumotiga koʻra, bugun kuzatilayotgan magnit boʻronining G4 darajadagi yuqori faolligi tush paytida boʻladi. Shu bois bu omilning organizmga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va koʻkat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Magnit boʻronlari G4 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz ogʻrish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda koʻproq oʻtirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oraligʻida yuqoridagi omilni oʻzida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zoʻriqish tavsiya etilmaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid