platina.uz
Jamiyat

"Chimyon"da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Yoʻldan adashgan fuqarolar “Katta Chimyon” togʻining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sogʻ-salomat olib tushilgan.  

"Chimyon"da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Kecha, 6 may kuni soat 12:09 da Toshkent viloyati FVBga ikki nafar fuqaro “Chimyon” togʻlariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVVning Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan tezkor hararkatlar natijasida yoʻldan adashgan fuqarolar “Katta Chimyon” togʻining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sogʻ-salomat olib tushildi.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq", deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid