platina.uz
Jamiyat

Navoiydagi bogʻchada bolakay kaltaklangani isbotini topdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Navoiy viloyatida yana bir bolakay bogʻcha tarbiyachisi tomonidan kaltaklangani iddao qilinayotgan  murojaat keldi. Yana xususiy bogʻchalarning birida boʻlgani aytilmoqda” sarlavhali video va fotolavhadagi holat isbotini topgani maʼlum boʻldi.

Navoiydagi bogʻchada bolakay kaltaklangani isbotini topdi

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan birlamchi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tezkorlik bilan atroflicha oʻrganib chiqilgan.

“Ushbu holat 2023 yilning 4 may kuni Karmana tumani “Kumushkon” MFYdagi yakka tartibdagi tadbirkor Shoxijahon Saidov rahbarligidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tegishli ekanligi aniqlandi. Dastlabki aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, tarbiyalanuvchiga qilingan bunday qoʻpol hatti-harakat shu bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi S.Yu tomonidan sodir etilganligi maʼlum boʻldi.

Joriy yilning 8 may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish masalasi ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan vakolati doirasida koʻrib chiqishlik va tegishli qaror qabul qilishlik uchun tuman prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimiga belgilangan tartibda xat yuborilishi taʼminlanadi.

Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi” deyiladi viloyat boshqarmasi taqdim etgan birlamchi maʼlumotlarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid